Tanlov g‘oliblari aniqlandi
Talabalarni kitob o‘qishga qiziqtirish, ularning ma’naviy dunyosini boyitish, shuningdek, ular o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini shakllantirish maqsadida filial talabalari o‘rtasida «Kitobxon talaba» tanlovi o‘tkazildi.
Yuqori saviyada tashkil etilgan tanlovda ishtirokchilar «Bilimdan kitobxon,» «Annotatsiya mahorati» va «Kitobxonlik va kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib qilish» shartlari bo‘yicha o‘zaro bilimlarini sinovdan o‘tkazdi.
Tanlov yakunida hakamlar tomonidan Janabaeva Gulnur 1-o‘rin, Seyilxanov Nietbay 2-o‘rin va Alieva Luiza 3-o‘rin egasi deb topildi va Diplom bilan taqdirlandi. Shuningdek, Amaniyazova Baxitgul, Ermatova Dilnoza, Daribayeva Uldovletlarga tanlovda faol ishtirok etgani uchun Faxriy yorliq topshirildi.
Filial Matbuot xizmati.