Soha mutaxassislari talabalarga tushuntirishlar berdi
Joriy yilning 15-sentyabr sanasidan 15-oktyabr kunlari oralig‘ida yurtimizda «Yong‘indan saqlanish» umummilliy kampaniyasi oyligi deb e’lon qilingan edi.
Shu oylik doirasida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida Nukus shahar favqulodda vaziyatlar bo‘limi mutaxassisi talabalar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda soha mutaxassislari tomonidan yong‘inlarning kelib chiqish sabablari, is gazidan zaharlanish holatlari, is gazini sezganda birinchi bo‘lib nima qilish zarurligi, yong‘in sodir bo‘lganda qanday harakat qilish kerakligi va birinchi navbatda belgilangan tartibda qisqa telefon raqamlariga qo‘ng‘iroq qilib xabar berishlari shartligi haqida tushuntirishlar berib o‘tildi.
Filial Matbuot xizmati.