Tadbir ishtirokchilarini turli g‘arazli oqimlardan uzoq bo‘lishga chaqirdi
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida professor-o‘qituvchilar, tyutorlar va talabalar ishtirokida «Jaholatga qarshi – ma’rifat bilan kurash» hamda «Inson qadri va din huquqlarining ustuvorligi taraqqiyot asosi» mavzularida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktorning birinchi o‘rinbosari G‘.Xo‘jametov kirish so‘zi bilan ochib berdi.
So‘ngra Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy boshqarmasi bosh mutaxassisi N.Jamalov so‘zga chiqib, u o‘z so‘zida hozirgidek rivojlanib borayotgan internet tarmoqlaridan to‘g‘ri va ezgu maqsadlarda foydalanish zarurligini, yovuzlikka qarshi ma’rifat bilan kurashish eng to‘g‘ri yo‘l ekanligi va yurtimizda inson qadri hamma narsadan ustun ekanligiga alohida to‘xtalib o‘tdi.
Shundan so‘ng so‘zga chiqqan filial profilaktika inspektori, kapitan R.Ismaylov va boshqalar tadbir ishtirokchilarini bugun ham yurtimizdagi tinchlikning qadriga yetish kerakligini va har xil g‘arazli oqimlardan uzoq bo‘lishga chaqirdi.
Filial Matbuot xizmati.