Filial direktori sportchilarni qabul qiladi
Sentyabr oyining birinchi o‘n kunligida sportning voleybol turidan Qirg‘iziston Respublikasida Turk davlatlarining III universiada o‘yinlari bo‘lib o‘tgan edi.
Unda O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida filialimiz talabalari Aybek Kaypanov va Sherzod Nurillayev ham ishtirok etdi. Musobaqa yakunida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari faxrli 2-o‘rinni egalladi.
Bugun terma jamoa a’zolarining 2-o‘rinni egallashida salmoqli hissa qo‘shgan filial talabalarini O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali direktori, professor B.Erimbetov qabul qildi va ularni erishgan yutug‘i bilan tabrikladi.
So‘ng shunday shogirdlarni tarbiyalayotgan filialdagi ustozlari T.Navbetullayev, B.Tobinbayev va I.Allayarovlarga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.
Filial Matbuot xizmati.