Koordinatsion va siklik sport turlari nazariyasi va uslubiyati
Primbetov Azamat Auesbaevich
Koordinatsion va siklik sport turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi mudiri
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialining 2025-yil 29-avgustdagi kungi 12 d/2-son buyrug‘i asosida “Koordinatsion va siklik sport turlari nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi tashkil etildi. Hozirgi kunda Kafedrada 28 nafar professor-o‘qituvchilar (asosiy shtatda 19 nafar) faoliyat yuritadi. Kafedra mudiri vazifasini bajaruvchi etib pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), Primbetov Azamat Auesbaevich tayinlangan.
Kafedrada 9 ta bakalavriat yoʻnalishi boʻyicha talabalarga maxsus va ijtimoiy fanlar boʻyicha professor-oʻqituvchilar dars bermoqda. Kafedrada 1 nafar falsafa doktori (PhD) 6 nafar dotsent faoliyat yuritmoqda, kafedraning ilmiy salohiyati – foizni tashkil etadi.
Kafedra professor-o‘qituvchilari pedagogik faoliyat bilan bir qatorda
ilmiy-uslubiy faoliyatini ham muvaffaqiyatli olib bormoqda. Kafedra mudiri p.f.b.f.d (PhD) A.Primbetov muallifligida “Erkin kurash bo‘yicha sport pedagogik mahoratini oshirish” nomli o‘quv qo‘llanma va “Grek-rim kurashi nazariyasi va uslubiyati” nomli darslik, T. Djumaniyozovaning (N.Paxrutdinova va I.Xaytmetovlar) ham muallifligidagi, “Xoreografiyalıq shınıǵıwlardı ótkeriw metodikası” nomli o‘quv qo‘llanma, T. Djumaniyozova mualifligida “Kórkem gimnastikada buyımsız orınlanatuǵın shınıǵıwlardı úyretiw metodikası” nomli o‘quv qo‘llanma, T.Djumaniyozovaning (I.Xaytmetovlar) xam muallifligidagi “Tańlanǵan sport túri teoriyası hám metodikası” I.Mambetnazarovlar tomonidan “Eskek esiw teoriyası hám metodikası” M.Ramazanov muallifligida “Júziwdi úyretiw metodikası” nomli o’quv qo’llanmasi, M. Ramazanov, F.M. Muminov, I.S. Islamovlar tamonidan “Júziwdi úyretiw metodikası” nomli darslik, S.Toylibaev va Q.Serimbetovlarning “Tańlanǵan sport túri boyınsha qánigelikke kirisiw VELOSPORT” nomli o‘quv qo‘llanmasi, M. Ramazanov, I.S. Islamovlar tamonidan “Júziw teoriyası hám metodikası” nomli o’quv qo’llanmasi, Ramazanov M.B. muallifligida “Júziwdi úyretiw metodikası” nomli o’quv uslubiy qo’llanmasi va “Sportsha júziw texnikası tiykarları” nomli o’quv uslubiy qo’llanmalari nashr etildi.
Shu jumladan, olimlarimizdan A.Primbetovning “Yuqori malakali erkin kurashchi xotin-qizlarni ko‘p yillik tayyorlashning ilmiy-metodik asoslari” mavzusida pedagogika fanlari doktori (DSc), M. Ramazanov “Qoraqalpog’iston Respublikasi litsey o’quvchilarining salomatligiga ekologik omillarning ta’siri”, D.Sarsenbaev “Bo’lajak jismoniy madaniyat o’qituvchilarida kommunikativ kompenentlikni rivojlantirishning pedagogik asoslarini takomillashtirish” kabi ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar.
Shuningdek, kafedra mudiri A.Primbetovning Oliy attestatsiya komissiyasining 2023 yil 4 son byulletenida 13.00.04 Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha pedagogika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun “Yuqori malakali erkin kurashchi xotin-qizlarni tayyorlashning ko‘p yillik ilmiy-metodik asoslari” nomli mavzusi tasdiqlandi. Mustaqil izlanuvchi Astankulova Dilnur Furkat qizining “Badiiy gimnastikachi qizlarning halqa predmeti bilan bajariladigan murrakab mashqlar texnikasini takkomilashtirish samaradorligi”, nomli doktorlik dissertatsiya (PhD) mavzulari ilmiy kengashda tasdiqlandi.