Logo
O`zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali

Ishlar boshqarmasi

 Ishlar boshqarmasi boshlig’i
Jadigerov Sabırbay Tursınbaevich
Telefon: (+99890) 728-57-77
E-mail: _____________

 O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialining ishlar boshqarmasi boshlig’i O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va filial direktorining buyruqlari asosida faoliyatini olib boradi.

 Ishlar boshqarmasi boshlig’i filial tuzilmasi bo’yicha ishlar boshqarmasi boshlig‘iga bo’ysunuvchi bo’limlar faoliyatini muvofiqlashtirish, boshqarish, filial moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, filial hududidagi bino-inshootlarida obodonlashtirish va ko’kalamzorlashtirish ishlarini tashkil qilish bilan shug’ullanadi.

Ishlar boshqarmasi boshlig’ining vazifalari:

  • Filialda ta’limga oid qonunlarda ko’rsatilgan vazifalarni amalga oshirish borasida o’qitishning zamonaviy texnik vositalari yordamida o’tilishini tashkil etish hamda bino-inshootlar, o’quv xonalari auditoriyalar o’quv laboratoriyalar va ma’ruza zallarini joriy va kapital ta’mirlash masalalari bo’yicha direktorga takliflar kiritish va ishlarni tashkil qilish;

  • Filialning moddiy qimmatliklar va texnik vositalarga, yoqilg’i-moylash materiallariga bo’lgan ehtiyojlarini aniqlash, tahlil qilish hamda harid qilish yuzasidan direktorga takliflar kiritish;

  • Filialda mehnatni muhofaza qilish, favqulodda vaziyatlarni oldini olish, texnika va yong’in xavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqilishi va bajarilishini amalga oshirish;

  • Filial bino-inshootlarini kuz-qish mavsumiga tayyorlash chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqilishini tashkil etish va bajarilishini nazorat qilish;

  • Filialning xo’jalik-boshqaruv ishlari bo’yisha hisobatlarni taxlil qilish va belgilangan muddatlarda tegishli yoqori tashkilotlarga taqdim etilishini nazorat qilish;

  • Filial direktori tomonidan tasdiqlangan jadval asosida jismoniy va yuridik shaxslarning og’zaki qabulini amalga oshirish hamda murojatlarini ko’rib chiqish;