Tayinlov
O’zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirining buyrug’i bilan Erimbetov Bayrambay Qarlibayevich O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali direktori lavozimiga tayinlandi.
Erimbetov Bayrambay 1984-yilda Qoraqalpog’iston Respublikasi Chimboy tumanida tug’ilgan.
2005-yilda Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutining bakalavr, 2007-yilda Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetining magistratura bosqichini tamomlagan. Pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori, professor.
Tayinlovga qadar Erimbetov Bayrambay Qarlibayevich Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetining “Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat yuritgan.
Filial Matbuot kotibi.
