Xanchjoudan xushxabar!
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialining 4-kurs talabasi Zaynab Dayibekova Xanchjou-2022 Osiyo o’yinlarida sportning qilichbozlik turi bo’yicha sovrindorlar qatoridan joy oldi.
Sablya yo’nalishining yakkalik bahslarida ishtirok etgan talabamiz yarim finalda janubiy koreyalik Jisu Yunga kichik farq – 14:15 hisobida imkoniyatni boy berib qo’ydi va bronza medali bilan taqdirlandi.
Filial Matbuot kotibi.
