O’zbek tili – milliy o’zligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli!
O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali iqtidorli talabalari ishtirokida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 34 yilligi hamda 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan “O’zbek tili – milliy o’zligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli!” shiori ostida madaniy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda talabalar tomonidan ona tilimizni madh etuvchi sheʼrlar, mumtoz adabiyot namunalaridan kuy-qoʻshiq va raqs, badiiy chiqishlar, sahna koʻrinishlari namoyish etildi. Talabalarning chiqishlari barchaga manzur boʻldi.
Filial matbuot xizmati.

