Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

Seminar

Joriy yilning 26-27-oktabr kunlari Toshkent shahrida tyutorlar faoliyatini tashkil etishga doir dolzarb masalalarga bagʻishlangan namunaviy seminar tashkil etilgandi.

Ushbu seminarda filialimizning 2 nafar tyutori faol ishtirok etib qaytishdi hamda sohaga oid yangilikar bilan tanishtirish maqsadida Ózbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida ham tyutorlar ishtirokida “Ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi ishlarni tizimli yo‘lga qo‘yishda tyutorlarning o‘rni va roli” mavzusida o‘quv-seminar tashkil qilindi.

O‘quv-seminar davomida tyutorlar talabaga o‘quv jarayoni davomida o‘z salohiyatini namoyon qilish, o‘zini yanada yaxshiroq anglash, o‘qish va hayotda to‘g‘ri qaror qabul qilish, hayotda o‘z qiziqishlarini topish kabi dolzarb mavzular yuzasidan zarur tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Filial Matbuot xizmati.