Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali talabalari oʻrtasida oʻtkaziladigan “Yangi Konstitutsiya- taraqqiyot qomusi” mavzusida ilmiy maqolalar tanlovi N I Z O M I
Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali
talabalari oʻrtasida oʻtkaziladigan “Yangi Konstitutsiya- taraqqiyot qomusi” mavzusida ilmiy maqolalar tanlovi
N I Z O M I
- Umumiy qoidalar
Mazkur tanlov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil
16-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida”gi F-72-son farmoyishi l-ilovasi bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga bagʻishlangan bayram tadbirlariga tayyorgarlik koʻrish vа ularni oʻtkazish dasturi”ning 38-bandida “Ваrсhа oliy ta’lim va ilmiy tashkilotlarda talabalar, magistrlar, tadqiqotchilar, tayanch doktorantlar va doktorantlar oʻrtasida “Yangi Konstitutsiya-taraqqiyot qomusi” mavzusida ilmiy maqolalar tanlovini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomida belgilangan talablarga muvofiq oʻtkaziladi.
- Maqsad va vazifalar
“Yangi Konstitutsiya-taraqqiyot qomusi” mavzusida ilmiy maqolalar tanlovining asosiy maqsadi iqtidorli yosh talabalarni aniqlash, ularni qoʻllab -quvvatlash, yuksak bilimli, mustaqil fikrlaydigan, ilmiy tarafdan mukammal bilim va koʻnikmaga ega boʻlgan, ularning ilmiy izlanishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratib berish hamda salohiyatli yoshlarni ilm-fanga keng jalb etishdan iborat.
3.Tanlovni tashkil etish:
3.1.“Yangi Konstitutsiya-taraqqiyot qomusi” mavzusida ilmiy maqolalar tanlovi tashkilotchisi Oliy ta’lim muassasalari hisoblanadi.
3.2. Oliy ta’lim muassasalaridan tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan har bir talaba o‘z maqolasi bilan qatnashishi mumkin.
3.3. Tanlovga maqolalar topshirish 2023-yil 27-noyabrdan 30-noyabr soat 17:00 ga qadar davom etadi. 2023-yil 30-noyabr soat 17:00 dan maqolalar qabul qilinmaydi.
3.4. Tanlov jarayoni va natijalari to‘g‘risida ma’lumotlar OTMlarning rasimiy veb-saytida yoritib boriladi.
4.Tanlov shartlari
4.1. Maqolaning hajmi – 3 betdan 5 betgacha.
4.2. Matn formati: MSWord – 97/2003. Bet formati: A4. Сhap tomondan 3,0 sm, qolgan barcha tomonlardan 2 sm.dan qoldiriladi. Matn faqat Times New Roman garniturasida, 14 kegl, 1,5 interval bilan teriladi.
4.3. Maqola matni quyidagi tartibda rasmiylashtiriladi:
– maqolaning katta harflar bilan 14 keglda yozilgan nomi o‘rta qismiga joylashtiriladi;
– muallif (hammualiflar)ning familiyasi, ismi, sharifi, kursi va ta’lim yo‘nalish nomi ko‘rastlishi kerak (14 kegl);
– maqolaning qisqacha annotatsiyasi (12 kegl, kursiv; maqola tili hamda rus va ingliz tillarida) kenglik bo‘yicha tekislanadi;
– kalit so‘zlar (12 kegl, kursiv, 4-8 ta; maqola tili hamda rus va ingliz tillarida) kenglik bo’yicha tekislanadi;
-Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxat maqolaning oxirida keltiriladi (12 kegl) bo‘lishi lozim.
- Tanlovni oʻtkazish joyi va muddati
Tanlov 2023-yil 1-2-dekabr kunlari har bir oliy ta’lim muassasalari binosida oʻtkaziladi.
- Tanlov ishtirokchilari
Tanlov oliy ta’lim muassasalarining bakalavr yo‘nalishi talabalari oʻrtasida boʻlib oʻtadi.
- Tanlovning baholash tartibi
Baholash tanlov komissiya a’zolari tomonidan amalga oshiriladi. Tanlovga kelib tushgan maqolalar maxsus komissiya tamonidan yuqoridagi ko‘rsatilgan mezonlarga asoslanib xolisonalik va shaffoflik bilan baholanadi.
8.Gʻoliblarni taqdirlash
Tanlovning baholash mezonlari asosida saralab olingan gʻolib ishtirokchilar universitet maʼmuriyatining maxsus diplom hamda qimmatbaho sovgʻalari bilan taqdirlanadi.
Filial Matbuot xizmati.
