Silk Avia O‘zbekiston talabalari uchun 50% chegirma e’lon qiladi!
Silk Avia O‘zbekiston talabalari uchun 50% chegirma e’lon qiladi!
2023-yilning 10-dekabridan boshlab Silk Avia o‘rta maxsus, professional va davlat oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun Y va B tariflariga 50% chegirma e’lon qiladi!
Chegirmali aviachiptalarni faqat talabalik guvohnomasini taqdim etgan holda xarid qilish mumkin. Aviachiptalarni 50% chegirma bilan O‘zbekistonning barcha xalqaro aeroportlarida, shuningdek, Toshkent shahri, Shota Rustaveli ko‘chasi, 9-uy manzilida joylashgan Uzbekistan Airways Sales filialida sotib olish mumkin.
Filial Matbuot xizmati.
