Respublika Konferensiyasi bo’lib o’tdi
O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 2-may kungi 118-sonli buyrug’iga muvofiq milliy sport turlari va xalq o’yinlarini ommaviy rivojlantirishning ilmiy-nazariy asoslarini rivojlantirish, ilmiy asoslangan fikr va takliflarni ishlab chiqish maqsadida bugun O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida “Milliy sport turlari va xalq o’yinlarini ommaviy rivojlantirishning ilmiy-nazariy asoslarini takomillashtirish” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo’lib o’tdi.
Konferensiyani O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali direktori, professor Bayrambay Erimbetov kirish so’zi bilan ochib berdi.
Konferensiyada respublikadagi oliy ta’lim muassasalarining professor-o’qituvchilari, ilmiy tadqiqotchilar, soha mutaxassislari, pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutei xodimlari, magistrantlar va talabalar ishtirok etdi.
Bir qator soha mutaxassislari tomonidan “Milliy va xalq o’yini “qarabtep”ni ommalashtrish”, “Psixologik tayyorgarlik – sportchilarning natijaga erishish vositasi sifatida”, “Sanogen fikrlashni rivojlantirishda milliy harakatli o’yinlardan foydalanishning zarururiy xususiyatlari”, “Sportchilarning ruxiy hushyorligi: erkin kurash bo’yicha sportchi xotin-qizlar uchun psixologik tayyorgarlikni rivojlantirish” va “Top bilan ishlash texnikalarini talabalardan tashkil topgan futbol jamoalarida qo’llash” va boshqa mavzularda ma’ruzalari tinglandi.
Konferensiya yakunida ma’ruzachi va ishtirokchilar tomonidan bildirilgan fikr va takliflarni inobatga olgan holda milliy sport turlari va xalq o’yinlarini rivojlantirish chora-tadbirlari belgilab olindi.
Faol qatnashgan tadqiqotchilar va talabalar filial raxbariyati tomonidan sertifikat va esdalik sovg’alar bilan taqdirlandi.
Filial Matbuot xizmati.









