Logo
O`zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali

Filialida “Yangi yil kechasi” nomli bayram bo’lib o’tdi

Yangi yil bayrami munosabati bilan O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida “Yangi yil kechasi” nomli bayram bo’lib o’tdi.

  Bayramni filial direktori, professor B.Erimbetov kirish so’z bilan ochib berdi va barchani kirib kelayotgan Yangi yil bilan qizg’in tabriklab, «Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili»da filial professor-o’qituvchilari va talabalarning erishgan yutuqlari haqida aytib o’tdi.

  So’ng Yangi yil bayram kechasi qoraqalpog’iston estrada yulduzlari va talabalar ishtirokidagi kuy-qo’shiqlar hamda ko’ngilochar o’yinlar bilan davom etdi.

Tadbir yakunida yil davomida o’zining faolligi, namunali xulqi va bilimi bilan tengdoshlaridan ajralib turgan filial talabalarining ota-onalariga tashakkurnomalar taqdim etildi.

Filialda o’tkazilgan “Zakovat” intellektual turnirining g’olib va sovrindaorlari diplom hamda pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

Filial Matbuot xizmati.