“START4REGION” ilmiy g‘oyalar tanlovida filial talabasi g’olib bo’ldi!
Innovatsion rivojlanish agentligi tamonidan “Bo‘lajak olim” tanlovi doirasidagi “START4REGION” ilmiy g‘oyalar tanlovi tashkil etilgan edi.
Mazkur tanlovda Qoraqalpog‘istonlik 80 nafar iqtidorli yoshlar ishtirok etishdi va birinchi bosqichdan muvafaqqiyatli o‘tgan 69 ta ilmiy g‘oyalarning “Bo‘lajak olim” tanlovi komissiyasida taqdimot (prezentatsiya) ko‘rinishidagi himoyasi o‘tkazildi.
“Bo‘lajak olim” tanlovi komissiyasi xulosasiga asosan “START4REGION” ilmiy g‘oyalar tanlovida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali qilichbozlik ta’lim yo’nalishi 2-kurs talabasi Nafisa Urazbaeva o’zining “Fencing VR” loyhasi bilan g‘olib deb topildi.
Ushbu loyihadan asosiy maqsad, imkoniyati cheklangan yoshlarning qilichbozlik sport turi bilan shug’ullanishiga virtual ko’zoynaklar yordamida sharoit yaratish hisoblanadi.
Filial Matbuot xizmati.
