Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

Talabalar harbiylar hayoti bilan tanishdi

 O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali talabalari «Qalqon» jamoatchilik guruhi bilan birgalikda filial profilaktika inspektori, tyutorlari va boshlang’ich tashkiloti yetakchisi hamrohligida Vatan himoyachilari kuni  hamda Qurolli Kuchlar tashkil etilganligining 32-yilligi  munosabati bilan O’zbekiston Respublikasi davlat xavfsizlik chegara qo’shinlari harbiy qismga tashrif buyurdi.

 Talabalar tashrif davomida harbiy qismda yaratilgan shart-sharoitlar, askarlar hayoti bilan yaqindan tanishdi. Talabalarga harbiylar tomonidan jangovor chiqishlar namoyish etildi. Tadbir davomida talaba yoshlar o’zlarining qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

 

Filial Matbuot xizmati.