Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

“Motamsaro ona” haykali poyiga gul qo‘yildi

 Bugun, Vatan himoyachilari kuni hamda O‘zbekiston Qurolli Kuchlari tashkil etilganining shonli 32 yilligi bayrami munosabati bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida joylashgan Motamsaro ona haykali poyiga gulchambarlar qo‘yilib, ehtirom ko‘rsatildi.

 

 Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi hamda Vazirlar Kengashi rahbariyati, Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Milliy gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmati, prokuratura, Chegara qo‘shinlari, Davlat bojxona va soliq qo‘mitalarining hududiy bo‘linmalari, keng jamoatchilik, mehnat jamoalari, Qurolli Kuchlar faxriylari va yoshlar bilan bir qatorda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali professor-o’qituvchilari ham Motamsaro ona haykali poyiga gulchambarlar qo‘yib, ehtirom ko‘rsatdi.

 

 

 

Filial Matbuot xizmati.