Filial reytingini ko’tarishga qaratilgan seminar bo’lib o’tdi
Bugun O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali professor-o’qituvchilari bilan «Filial reytingini ko’tarish va Xalqaro ilmiy-texnik bazalar bilan ishlashni yanada takomillashtirish» mavzusida seminar bo’lib o’tdi.
Seminarda iqtisodiyot fanlari bo’yicha falsafa foktori, dotsent A. Alimov filial professor-o’qituvchilari uchun Web of Sciens, Scopus va boshqa xalqaro bazalarda indeksatsiyalangan ilmiy jurnallarda maqolalar e’lon qilish talablari, shuningdek, h-index, IMRAD bo’yicha maqolalarning ichki strukturasi va shu yo’nalishda mamlakatimizdagi muvofaqqiyatlar va amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida atroflicha ma’lumot berib o’tdi.
Filial professor-o’qituvchilari shu yo’nalishda o’zini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
Filial Matbuot xizmat.


