Logo
O`zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali

Filialda xalqaro hamkorlik rivojlanmoqda

Hamkorlik aloqalarini yanada takomillashtirish, professor-oʻqituvchilarning ilmiy salohiyatini rivojlantirish maqsadida Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida “Madaniyat va jamiyatdagi maʼnaviy aloqalarning kasbiy faoliyatdagi oʻrni” mavzusida onlayn seminar tashkil etildi.

Seminarda filial professor-oʻqituvchilariga M.Auezov nomidagi Janubiy Qozogʻiston tadqiqot universiteti dotsenti, falsafa fanlari nomzodi Aynura Jienbekova tomonidan tayyorlangan maʼruza taqdim etildi.

Ishtirokchilar qiziqtirgan savollariga javoblar oldi va oʻzlarining fikr va takliflarini bildirdi.

Filial Matbuot xizmati.