Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

Filialda xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo’lib o’tdi

 Bugun 16-may kuni O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida «Jismoniy tarbiya va sport sohasida malakali mutaxassislarni tayyorlashda sport psixologiyasi va pedagogikasi hamda innovatsion ta’lim texnologiyalarining ahamiyati» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman oʻz ishni boshladi.

 Anjumanda respublikamizdagi oliy ta’lim muassassalari bilan bir qatorda Germaniya, Hindiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Mongoliya davlatlaridan olimlar, sport mutaxassislari, murabbiylar va yosh tadqiqotchilar qatnashmoqda.

 Anjumanning ochilish marosimida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sport vaziri oʻrinbosari Azamat Qalbayev, O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali direktori, professor Bayrambay Erimbetovlar Soʻnggi yillarda butun dunyoda boʻlgani kabi bizning yurtimizda ham Prezidentimiz raxbarligida jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilayotganligini va ushbu e’tibor natijasida sportchilarimiz xalqaro arenalarda yuksak natijalarga erishayotganligini aytib oʻtdi. Shuningdek, ular oʻz soʻzida sohani yanada rivojlantirish uchun ushbu ilmiy tadqiqotlar ahamiyatiga katta ekanligini ta’kidlab, konferensiya ishtirokchilariga muvoffaqiyat tiladi.

 Shundan soʻng konferensiya oʻz ishini boshlab, O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti professori F.Kerimov, Germaniyaning Kyoln universiteti professori G.Korobeynikov va boshqalar tomonidan bugungi kunning ahamiyatli masalalari boʻyicha ma’ruzalar qilinib, bu boʻyicha mutaxassislar va tadqiqotchilar oʻz fikrlarini bildirdi.

 Konferensiya yakunida ishtirokchilar esdalik sovgʻalari va tashskkurnomalar bilan taqdirlandi.

Filial Matbuot xizmati.