Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

Ta’lim kreditini my.gov.uz orqali olish mumkin

 Qonunchilikka ko‘ra,  2024/2025 o‘quv yilidan oliy va professional ta’lim tashkilotlarining talaba va o‘quvchilarga ta’lim kreditlari quyidagilarni nazarda tutgan holda ajratadi

  • oliy va professional ta’lim tashkilotlarida tahsil olish uchun ta’lim krediti faqat kunduzgi ta’lim shaklida o‘qiyotgan talaba va o‘quvchilarga ajratiladi;

🔹ta’lim krediti:

  • oliy ta’lim tashkilotlarining birinchi bosqich talabalari hamda professional ta’lim tashkilotlari o‘quvchilari uchun to‘lov-kontrakt summasi miqdorida;
  •  oliy ta’lim tashkilotlarining ikkinchi va undan yuqari kurs talabalari uchun fanlarni o’zlashtirishning o’rtacha ko’rsatkichi “3” dan past bo’lgan taqdirda to’lov-kontrakt summasining ko’pi bilan 80 foizi miqdorida ajratiladi.

✔️Bunda ta’lim krediti:

🔸OTM talabalari uchun – talabalar to’g’risidagi ma’lumotlar “Talabalar shartnomasi asosida ko’rsatiladigan xizmatlar hisobini yuritish” (kontrakt.edu.uz) axborot tizimi va “Oliy ta’lim jarayanlarini boshqarish” (HEMIS) axborot tizimida mavjud bo’lganda;

🔸professional ta’lim tashkilotlari o’quvchilari uchun – o’quvchilar to’g’risidagi ma’lumotlar “Professional ta’lim jarayanlarni boshqarish”

(prof.edu.uz) axborot tizimida mavjud bo’lganda ajratiladi.

Filial matbuot xizmati.