O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida yangi o‘quv yili boshlandi

Bugun 9-sentabr kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida Yangi 2024/2025-o‘quv yilining ochilish marosimiga bag‘ishlangan “Biz bir bo’lsak-yagona xalqmiz, birlashsak-Vatanmiz!” shiori ostida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni filial direktori, professor B.Erimbetov ochib berdi.

Soʻng O‘zbekiston va Qoraqalpog’iston Respublikalarining davlat madhiyalari yangradi.

Tadbirda filial direktori barcha rprofessor-o‘qitvuchilarni, talaba-yoshlarni va o‘larning ota-onalarini jonajon O‘zbekistonimiz Mustaqilligining 33 yilligi bilan tabrikladi hamda yurtimizda soʻnggi yillarda taʼlim tizimida olib borilayotgan islohotlar, oʻzgarishlar haqida alohida toʻxtalib, talabalik baxtiga muyassar boʻlgan yoshlarni samimiy tabrikladi.

Tantanali marosimda Qoraqalpog’iston Respublikasi Sport vazirligi bo‘limi boshlig’i I.Qudyarov, sport veterani A.Kazakov va professor-o’qituvchilar soʻzga chiqib talaba boʻlgan yoshlarni tabrikladi.

Tadbir yakunida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali rahbariyati tomonidan an’anaga muvofiq birinchi bosqich talabalariga ramziy talabalik guvohnomasi va reyting daftarchasi topshirildi.
Filial Matbuot xizmati.