Rektor: – xizmat safari bilan universitetning Nukus filialida bo‘ldi

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori Rashid Matkarimov xizmat safari bilan universitetning Nukus filialida bo‘ldi. U talabalar taʼlimi uchun filialda 2024-2025 o‘quv yili uchun bajarilgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

Kunning birinchi yarimida Universitetning Nukus filialida ilmiy kengash o‘tkazildi, unda mehnat va ijro intizomi, taʼlim sifati, dual taʼlimni bosqichma-bosqich joriy etish, sport klubi faoliyatini takomillashtirish, shuningdek, maʼnaviyat va maʼrifat yo‘nalishida olib borilayotgan ishlar tahlil qilinib, masʼullarga zarur tavsiyalar va tegishli ko‘rsatmalar berildi.


Filial Matbuot xizmati.