Universitet rektori filialning ichki imkoniyatlari bilan tanishdi

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori xizmat safari davomida universitetning Nukus filialida bo‘ldi.

O‘z navbatida, rektor filialda tashkillashtirilgan “Registrator ofis”ini faoliyati bilan tanishdi va uning talabalar uchun afzalliklari haqida tushunchalar berdi va har bir kafedraga tashrif buyurdi, professor-o‘qituvchilar bilan suhbatlashib, ularning fikr va takliflarini tingladi va filial faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha o‘z fikr va takliflarini bildirdi.

So‘ng 1-kurs talabalari bilan uchrashib, ularga davlatimizda yoshlarning taʼlim olishlari va kasbga ega bo‘lishlari uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida gapirib berdi va har bir talabaga professor-o‘qituvchilari rahbarligida ilmiy maqola yozishni o‘rganishlari kerakligi to‘g‘risida tavsiyalar berdi.



Filial Matbuot xizmati.