Rektor va filial direktorlari talabalar bilan ko’chat ekdi

Bugun Nukus shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining kengaytirilgan Hay’at yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Kunning ikkinchi yarmida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining hududiy rahbarlari, respublikamizdagi oliy ta’lim muassasalari rektorlari va filiallar direktorlari Nukus shahrida joylashgan «Oqqush» majmuasi hududida «Yashil Makon» umummilliy loyihasi doirasida ko‘chatlar ekdi.

Loyiha doirasida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori Rashid Matkarimov universitetning Nukus, Farg‘ona filiallari direktorlari va talaba-yoshlar bilan birgalikda shaharimizda yashil qoplamali maydonlar ko‘lamining kengayishi uchun turli xil manzarali ko‘chatlar ekdi.


Filial Matbuot xizmati.