Kitobxon ona – kitobxon bola

Joriy yilning 25-noyabr kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida “Kitobxon ona-kitobxon bola” mavzusida tadbir o’tkazildi.

Tadbirda Xotin–qizlar masalalari bo’yicha filial direktorining maslahatchisi B.Allambergenova “Kitob – ma’naviyat xazinasi” mavzusida so’z yuritib, kitob insonning fikrlash quroli, xazinalar kaliti, tafakkur manbai bo’lgani uchun ham xalqimiz uni nonday aziz, mo’tabar va muqaddas deb hisoblanishini ta’kidlab, kishining madaniyati uning o’qigan kitobida aks etishini aytib o’tdi va talabalarga o’zlari mutolaa qilgan kitoblari haqida so’zlab, ular bilan fikr almashdilar.

Loyihaning maqsadi onalar tomonidan kitobxonlik an’analarini tiklash orqali bolaning bolalikdan kitobxonlik huquqini ta’minlash, jamiyatda kitobxon onaning ijobiy imidjini shakllantirishdan iborat.


Filial Matbuot xizmati.