Filial ishchi guruhi a’zolari Qorao‘zak tumanida bo’ldi

Oliy ta’lim muassasalarining Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishdagi faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha Ishlar rejasi asosida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali ishchi guruhi a’zolari Qorao‘zak tumani aholisi bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida tumanning ijtimoiy ahvolini yaxshilash, hal etilishi lozim bo‘lgan masalalar yuzasidan tuman aholisining fikr-mulohazalari tinglandi.

Bunda tumandagi ta’lim, sport sohalariga e’tibor qaratilib, mavjud muammolarni hal etishda hamkorlik qilish taklif etildi.
Filial Matbuot xizmati.