Filialda respublika ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida «Sport o‘yinlarining turlari: Nazariyasi va amaliyotdagi dolzarb muammolari» mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi.

Anjumanda respublikamizdagi oliy o‘quv yurtlaridan tashqari, Turkiya, Qirg‘iziston va Rossiya davlatlaridan olimlar, yosh tadqiqotchilar, magistrantlar va talabalar ishtirok etdi.

Anjumanning ochilish marosimida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali direktori, professor Bayrambay Erimbetov va O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektori Jasur Zarifboyevlar so‘zga chiqib, so‘nggi yillarda butun dunyoda bo‘lgani kabi bizning mamlakatimizda ham Prezidentimiz rahbarligida jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilayotgani va bunday qo‘llab-quvvatlashlar natijasida davlatimiz tomonidan xalqaro sport maydonlarida katta muvaffaqiyatlar qo‘lga kiritilayotganini ta’kidladilar. Shuningdek, sohani yanada rivojlantirish uchun ilm-fan bilan yaqin hamkorlik qilish zarurligiga ham to‘xtalib, anjumanning kelgusi faoliyatiga muvaffaqiyatlar tiladilar.

Shundan so‘ng anjuman o‘z ishini boshlab, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti v.b.professori N.Yusupov, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali b.i.b.f.d (PhD) dotsenti M.Ramazonov, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti «Futbol nazariyasi va metodikasi» kafedrasi dotsenti A.Shermuhamedov va boshqalar tomonidan bugungi kunning dolzarb masalalari bo‘yicha ma’ruzalar qildi va bu borada olim va mutaxassislar o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

Anjuman yakunida ma’ruzachi va ishtirokchilar tomonidan bildirilgan fikr va takliflarni inobatga olgan holda sport o‘yinlari turlarini ommaviy rivojlantirish chora-tadbirlari belgilab olindi.

Anjumanda ishtirok etgan izlanuvchilar va talaba-yoshlar filial rahbariyati tomonidan sertifikat va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Filial Matbuot xizmati.