Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengashi deputati U.Jalmenov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vaziri E.Tursunov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori o‘rinbosari Sh.Muhamatov, professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Tadbir O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Respublikalarining davlat madhiyalari bilan boshlandi.

Tadbirni filial direktori, professor B.Yerimbetov olib bordi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengashi deputati U.Jalmenov so‘zga chiqib, filial jamoasini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi bilan samimiy qutlab, yurtimizning jahon siyosiy maydonida mustaqil davlat sifatida o‘z o‘rniga ega bo‘lishi, taraqqiyot yo‘lini belgilab, yildan-yilga obro‘si va e’tibori ortib borishi, shuningdek, xalq farovonligini ta’minlashda Konstitutsiyaning o‘rni va ahamiyati yuqori ekanini ta’kidladi.

Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vaziri E.Tursunov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurorining o‘rinbosari Sh.Muhamatov so‘zga chiqib, Konstitutsiya davlatning asosiy qonuni bo‘lib, har bir davlatning kelajagi ushbu hujjatda o‘z ifodasini topganini ta’kidlab, o‘z ma’ruzalarida mamlakatimizda yuz berayotgan yangilanishlar, demokratik huquqiy davlatni barpo etish yo‘lida erishib kelayotgan yutuqlarimizning barchasi Konstitutsiya bilan ifodalangan tamoyillarning uzviy bog‘liqligini ta’kidladilar.

Filial Matbuot xizmati.