Ishchi guruh filial faoliyati bilan yaqindan tanishmoqda

Joriy yilning 10-yanvar kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Sport vaziri Adхam Ikrаmov raisligida Kuzatuv kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tkan edi.

Yig‘ilishida Sport vaziri mas’ullarga bergan topshiriqlarining ijirosini taminlash maqsadida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetidan ishchi guruh universitetning Nukus filialiga keldi va ular ishni markaziy “Turon” stadioni hamda Qoraqalpog‘iston bolalar va o‘smirlar futbol akademiyasida olib borilayotgan qurilish, taʼmirlash, rekonstruksiya ishlarini borib ko‘rishdan boshladi.

Qurilish ishlari yakunlangach sportchilarning sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun yaxshi sharoitlar yaratilishi kutilayotgan ushbu qurilish obyektida qurilish ishlarini olib borayotgan firma rahbari bilan suhbatlashdi.

Filial Matbuot xizmati.