Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

Ijarada yashovchi talaba qizlarning holidan xabar olindi

Ijara shartnomasi asosida ijara uylarida yashayotgan talabalarning ahvolini bilish. Ularning yashash sharoitlarini yaqindan o‘rganish O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida yaxshi yo‘lga qo‘yilgan.

Joriy yilning 20-21-yanvar kunlari oralig‘ida filial direktorining Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi B.Allambergenova boshchiligida tyutor M.Yuldashova, «Sport o‘yinlari» kafedrasi o‘qituvchisi M.Urazimbetova bilan birgalikda ijara uylarida yashayotgan talaba-qizlarning ijara uylariga tashrif buyurdi va ularning yashash sharoitlari bilan yaqindan tanishdi.

O‘rganishlar davomida talaba qizlar bilan yaqindan suhbatlashib, ularga yashayotgan xonalarini toza tutish kerakligi, gaz plita va isitish uskunalaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilib, darslarga puxta tayyorlanib, tartib intizomga rioya etish kerakligi haqida tushunchalar berdi.

Filial Matbuot xizmati.