Talabalar kuzgi yakuniy baholash imtihonlaridan o‘tmoqda

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida ta’lim olayotgan talabalar kuzgi yakuniy baholash imtihonlarini topshirmoqda.

Imtihonlarning ochiq va oshkoralik tamoyillari asosida adolatli o‘tishini ta’minlash maqsadida filialning Korrupsiyaga qarshi kurashish va «Komplaens nazorat» tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan doimiy ravishda nazorat ishlari olib borilmoqda.

Shuningdek, yakuniy imtihonlarga mas’ullarga Korrupsiyaga qarshi kurashish va «Komplaens nazorat» tizimini boshqarish bo‘limi mutaxassisi tomonidan ochiqlik va shaffoflik qoidalariga rioya qilgan holda, korrupsion holatlarning oldini olish va ularga umuman yo‘l qo‘ymasliklari kerakligi haqida tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Filial Matbuot xizmati.