Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

Filial talabalari chempionlar qatoridan joy oldi

Joriy yilning 20-28 yanvar kunlari oralig‘ida Toshkent shahrida sportning boks turidan o‘g‘il bolalar va qizlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tgan edi.

Chempionatda ishtirok etgan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali talabasi Mohira Ahmedova va filial bitiruvchisi Madiyar Daniyarov ham ishtirok etgan edi.

Birm biridan kuchli sportchilar to‘plangan chempionatda 63 kg vazn toifasida Mohira Ahmedova musobaqa davomida ikkita uchrashuv o‘tkazib, sovrinli 3-o‘rinni egalladi, Madiyar Daniyarov esa musobaqa davomida 4 ta uchrashuv o‘tkazib, 1-o‘rinni egallab, oltin medal sohibi bo‘lishga muvaffaq bo‘ldi.

Filial Matbuot xizmati.