Filial talabalari g‘oliblar qatoridan joy oldi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sport vazirligi hamda O‘zbekiston Kurash federatsiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limi bilan hamkorlikda kattalar va ayollar o‘rtasida sportning kurash turidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi kubogi bo‘lib o‘tgan edi.
Musobaqada O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali talabalari ham ishtirok etishdi.
Respublikamiz bo‘ylab kuchli sportchilarni bir joyga jamlagan musobaqada filial talabalaridan vazn toifalari bo‘yicha Zuhra Tolqinboyeva, Agabek Gulmirzayev va Arman Sirg‘abayev 1-o‘rinni egallagan bo‘lsa, Zokirjon Boltaboyev va Umida Eshniyazovalar 2-o‘rin g‘olibi bo‘ldi.
G‘oliblar medal va diplom bilan taqdirlandi.
Filial Matbuot xizmati.