Nukus tumanida «Shahzoda Ibragimova sport mahorati to‘garagi» ochildi

«Parij-2024» XXXIII yozgi Olimpiya o‘yinlari ishtirokchisi Shahzoda Ibragimova O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialining «Badiiy gimnastika» mutaxassisligini 2023-2024 o‘quv yilida tamomlagan edi.

Respublikamizning chekka hududlarida badiiy gimnastika sportini yanada rivojlantirish maqsadida Nukus tumanida joylashgan 19 son umumta’lim maktabida «Shahzoda Ibragimova sport mahorati to‘garagi» tashkil etildi.

To‘garakning ochilish marosimida filial professor-o‘qituvchilari va «Badiiy gimnastika» mutaxassisligi talabalari ishtirok etdi hamda xalqaro darajadagi sport ustasi Shahzoda Ibragimova badiiy gimnastikaga mehr qo‘ygan qizlarga mahorat darslarin o‘tkazdi.

Shu bilan birga filial tomonidan o‘quv qo‘llanmalar va darslik kitoblari topshirildi.

Filial Matbuot xizmati.