Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

Filialning ko‘ngilli talabalari tomonidan tarqatma materiallar tarqatildi

Fevral oyi respublikamizda «Yoshlar o‘rtasida giyohvand moddalar tarqalishiga qarshi kurashish» oyligi deb e’lon qilingan edi.

Ushbu oylik doirasida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida tahsil olayotgan talabalar orasidan tuzilgan volontyor yoshlar tegishli soha mutaxassislari bilan hamkorlikda shahrimizdagi odamlar gavjum bo‘ladigan jamoat joylarida giyohvand moddalar tarqalishining oldini olish va uning salbiy ta’sirlarini aks ettiruvchi hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida tarqatma materiallarini tarqatdi.

Albatta, Respublika miqyosida ilgari surilayotgan bunday ijobiy tashabbusga tegishli soha mutaxassislari bilan birgalikda filial talabalari orasidan tuzilgan ko‘ngilli yoshlarning hissa qo‘shishi o‘z natijasini berishi aniq.

Filial Matbuot xizmati.