Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

Filial jamoasi Qoraqalpog‘iston chempioni bo‘ldi

Joriy yilning 6-fevral kuni Nukus shahrida o‘g‘il bolalar o‘rtasida sportning voleybol turi bo‘yicha Qoraqalpog‘iston chempionati bo‘lib o‘tgan edi.

Unda Respublikamizning barcha shahar, tumanlari va Oliy o‘quv yurtlari jamoalari ishtirok etib g‘oliblik uchun qizg‘in bellashuvlar olib bordi.

Musobaqa yakunida 1-o‘rinni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali jamoasi, 2-o‘rinni Qoraqalpoq davlat universiteti jamoasi va 3-o‘rinni Beruniy tumani jamoalari egalladi.

Filial jamoasini erishgan muvaffaqiyati bilan tabriklaymiz.

Filial Matbuot xizmati