Jahon tan olgan so‘z zargari

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida buyuk bobomiz Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi munosabati bilan adabiy kecha tashkil etildi.

Kechada ta’kidlanganidek, jahon miqyosida buyuk ma’rifatparvar, so‘z mulkining sultoni, deb e’tirof etilgan Alisher Navoiy o‘zining boy adabiy merosi bilan asrlar davomida butun insoniyatni hayratga solib, insonlarning qalbi va ongiga mehr-oqibat, insonparvarlik, saxovat, mehr-muhabbat nurini sochib kelmoqda.

Unga hurmat ko‘rsatish, asarlarini o‘rganish, ta’lim-tarbiyaga oid fikrlarini hayotimizda qo‘llash, yoshlarga uning g‘oyalarini singdirish muhim ahamiyatga ega.


Filial Matbuot xizmati.