Jamoa a’zolari tantanali ravishda kutib olindi

Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida «Universiada-2025» sport musobaqalarining badminton turidan bo‘lib o‘tgan final bosqichida filial jamoasi jamoaviy hisobida 2-o‘rinni egallagan edi.

Bugun filial jamoasini Nukus temir yo‘l vokzalida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sport vazirligi, filial mehnat jamoasi a’zolari, professor-o‘qituvchilar tantanali ravishda kutib oldi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar jamoa a’zolarini qo‘lga kiritgan yutuqlari bilan samimiy tabrikladi va kelgusi musobaqalarda muvaffaqiyatlar tiladi.
Filial Matbuot xizmati.