Direktor jamoa a’zolarini erishgan natijasi bilan tabrikladi

Avval xabar berganimizdek, «Universiada-2025» sport musobaqalarining badminton turidan bo‘lib o‘tgan final bosqichida filial terma jamoasi jamoaviy hisobda 2-o‘rinni egallagan edi.

Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali direktori, professor B.Erimbetov terma jamoa a’zolari va murabbiyini qabul qildi. Qabul jarayonida filial direktori jamoa a’zolari va murabbiyni erishgan natijasi bilan samimiy tabrikladi.

Shuningdek, ularga kelgusi musobaqalarda bundan ham yaxshi natijaga erishishlariga ishonch bildirdi.

Filial Matbuot xizmati.