Filialda oylik doirasida tadbir bo‘lib o‘tdi

Respublikamizda fevral oyi «Yoshlar o‘rtasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar tarqalishining oldini olish» oyligi deb e’lon qilingan edi.

Oylik doirasida bugun «Turon» mahallasi yoshlar yetakchisi tashabbusi bilan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida «Asr vabosi giyohvandlik» mavzusida talabalar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda mahalla fuqarolar yig‘ini yoshlar yetakchisi, filial profilaktika inspektori, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i tomonidan ushbu illatning inson salomatligiga salbiy ta’siri va undan foydalangan, tarqalishiga sababchi bo‘lgan shaxslarga nisbatan qo‘llaniladigan jazo choralari haqida keng turda tushunchalar berib o‘tildi.

Uchrashuv davomida talabalarga ushbu illatning salbiy ta’sirlarini aks ettiruvchi tarqatma materiallar tarqatildi.
Filial Matbuot xizmati.