Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

11-fevral – «Ilm-fan va ta’lim sohasidagi xotin-qizlar xalqaro kuni»

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2021 yil 22 dekabrdagi 70-sessiyasida 11 fevral – «Ilm-fan va ta’lim sohasidagi ayollar xalqaro kuni» deb rasman e’lon qilingan edi.

Bugun 12-fevral kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali Xotin-qizlar kengashi tashabbusi bilan ushbu sana munosabati bilan filialda professor-o‘qituvchilar va talaba qizlar ishtirokida tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni filialning Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha direktor o‘rinbosari B.Allambergenova kirish so‘zi bilan ochdi va olib bordi.

Unda psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) U.Kalillaeva va dotsent T.Djumaniyazovalar tadbir ishtirokchilariga bugungi kunda yurtimizda ilm-fan bilan shug‘ullanayotgan xotin-qizlar va ularga yaratilgan imkoniyatlar haqida so‘zlab berdi.

Filial Matbuot xizmati