Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

Filialda «Direktor va yoshlar» uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida talaba-yoshlar bilan yaqindan ishlashni yo‘lga qo‘yish, ularning o‘qish jarayonida duch kelayotgan to‘siqlarini aniqlash, fikr-mulohazalarini tinglash, duch kelayotgan muammolarini o‘sha joyning o‘zida bartaraf etish maqsadida «Direktor va yoshlar» uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Unda filial direktori, professor B.Erimbetov filial talaba-yoshlari bilan uchrashdi va ularga dastlab Hurmatli Prezidentimiz rahbarligida joriy yilning 13-fevral kuni «Olimpiya va paralimpiya harakatini yanada rivojlantirish, ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish va aholining jismoniy faolligini oshirish chora-tadbirlari bo‘yicha» hamda 14-fevral kuni Ko‘ksaroy qarorgohida mamlakatimiz yoshlari bilan muloqotida belgilab berilgan vazifalar, yaratilayotgan sharoitlar, berilayotgan imtiyozlar haqida ma’lumotlar berdi.

Davlatimiz rahbarining bevosita tashabbusi va qo‘llab-quvvatlashi bilan mamlakatimizda yoshlar uchun yaratilayotgan bunday imkoniyatlardan har bir talabani unumli foydalanishga chaqirdi.

Shuningdek, filial talabalari orasida ham yurtimizdagi shunday imkoniyatlardan to‘g‘ri foydalanib sport musobaqalarida va o‘qishda yaxshi natijalarga erishayotgan talabalar borligini faxr bilan e’tirof etdi va ularning orasidan eng faollariga filial tomonidan tayyorlangan Faxriy yorliqlarni topshirdi.

 

Uchrashuv davomida filial direktori talabalarning fikr-mulohazalarini tingladi va ular bilan bevosita ishlashga doimo tayyor ekanligini bildirdi.

Filial Matbuot xizmati.