Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

Pedagogika fanlari doktori Vazirlar Kengashi Raisi o‘rinbosari qabulida bo‘ldi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasining O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti ilmiy kengashi qarori bilan Nurishov Darmenbay Esnazarovichga Pedagogika fanlari doktori ilmiy darajasi berildi.

Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali «Sport turlari» fakulteti dekani Darmenbay Nurishovni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining Yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari O‘temuratov Bayram Perdebayevich qabul qildi va Pedagogika fanlari doktori ilmiy darajasi bilan samimiy tabrikladi.

Qabul jarayonida Vazirlar Kengashi Raisining o‘rinbosari Bayram O‘temuratov Darmenbay Nurishovni ilm yo‘lidagi mehnatlarini yuqori baholadi va kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tiladi.

Filial Matbuot xizmati.