Ijaradagi talaba-qizlarning ahvolidan xabar olindi

Talaba-qizlarning o‘qishdan bo‘sh vaqtlarini ko‘ngilli va mazmunli o‘tkazish, ularning ota-onalari bilan hamkorlik qilish va ijara uylarida yashayotganlarining ahvolidan xabar olish filial direktorining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi tomonidan ham yaxshi yo‘lga qo‘yilgan.
Xususan, shu yilning 20-21-fevral kuni filial direktorining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi B.Allambergenova va tyutor M.Yuldasheva bilan birgalikda ijara uylarda yashayotgan talaba-qizlarning ahvolidan xabar oldi va ular bilan suhbatlashdi.
Suhbat davomida direktorning xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi talaba-qizlarga yashayotgan uy egalari bilan hamjihat bo‘lish, uylarini toza saqlash, bevaqt ko‘chaga chiqmaslik, yaxshi o‘qib, jamoat ishlariga faol qatnashish va isitish moslamalaridan foydalanishda e’tiborli bo‘lishlari kerakligi haqida tushuntirish ishlarini olib bordi.
Filial Matbuot xizmati.