Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

Direktor – talabalarning ota-onalari bilan uchrashdi

Talabalarning ota-onalari bilan yaqindan tanishish orqali ular bilan yanada yaqin aloqada hamkorlikni yo‘lga qo‘yish. Ularni oliy ta’lim sohasidagi o‘zgarishlar va filialning ichki imkoniyatlari bilan yaqindan tanishtirish maqsadida filial direktori talabalarning ota-onalari bilan uchrashdi.

Uchrashuvni filial direktori, professor Bayrambay Erimbetov kirish so‘zi bilan ochdi va boshqarib bordi. U o‘z so‘zida dastlab joriy yilning 13 fevral kuni Prezident rahbarligida olimpiya va paralimpiya harakatini yanada rivojlantirish, ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish va aholining jismoniy faolligini oshirish chora-tadbirlari yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida hamda 14 fevral kuni Ko‘ksaroy qarorgohida mamlakatimiz yoshlari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda sport sohasiga, yoshlarga qaratilayotgan e’tibor va yaratilayotgan sharoitlar haqida ma’lumotlar berib o‘tdi.

Unda o‘quv yurtida talabalarning puxta bilim olishi uchun yaratilgan sharoitlar, ularning tartibi, XEMIS platformasi, darslarga ulgurishi, erishilayotgan yutuqlar, kontrakt to‘lovlari, ilmiy salohiyati, xorijiy davlatlarning oliy o‘quv yurtlari bilan xalqaro hamkorlik bo‘yicha tuzilgan kelishuvlar, filial faoliyatini kengaytirish yo‘nalishida qilinayotgan ishlar haqida ma’lumotlar berildi.

O‘qishda, sportda, jamoat ishlarida yaxshi natijalar ko‘rsatib kelayotgan talabalarning ota-onalariga filial rahbariyati tomonidan tayyorlangan Minnatdorchilik xati topshirildi.

Uchrashuv davomida ota-onalar oliy ta’lim tizimidagi o‘zgarishlar va o‘quv jarayoni bilan bog‘liq bo‘lgan o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldi.

Filial Matbuot xizmati.