Talabalarimiz musobaqaning keyingi bosqichiga yo‘llanma oldi

Joriy yilning 24-25 fevral kunlari Nukus shahrida kurash milliy sport turi bo‘yicha ayollar o‘rtasida «Kurash malikalari» Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali talabalari orasidan sportchi qizlar ham ishtirok etdi.
Qizg‘in bellashuvlarga boy tarzda o‘tgan musobaqa yakunida filial talabalari orasidan ishtirok etgan A.Abilkasimova va J.Azatovalar 1-o‘rinni egallagan bo‘lsa, A.Kalilaeva 2-o‘rin hamda B.Jannazarova, Z.Tolqinbaevalar 3-o‘rinni egalladi va tashkilotchilar tomonidan medal, Diplom va pul mukofoti bilan taqdirlandi hamda musobaqaning keyingi bosqichiga yo‘llanma oldi.
Filial Matbuot xizmati.