«Tengdosh-tengdoshga» mavzusida seminar-trening o‘tkazildi

Bugun 26-fevral kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali talaba-qizlari orasida filial direktorining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi tomonidan «Tengdosh-tengdoshga» mavzusida seminar-trening tashkil etildi.
Unda «Qizlarjon» klubi rahbari D.Akmanova talaba-qizlarga yoshlar volontyorlik harakati, uning turlari, foydali jihatlari, yo‘nalishlari haqida tushunchalar berdi.
Tadbirda talaba-qizlar o‘zaro fikr almashdi va o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldi.
Filial Matbuot xizmati.