Filial jamoasiga omad yetishmagani sababli 2-o‘rinni egalladi

Bugun Futzal bo‘yicha XXI Qoraqalpog‘iston chempionatining final o‘yinida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialining «SKUF-2» jamoasi «Pantera» jamoasiga qarshi chempionlik uchun o‘yinga tushdi.

Qizg‘in bahslarga boy tarzda o‘tgan musobaqada filial terma jamoasiga biroz omad yetishmadi va o‘yinni raqib jamoaga 2:3 hisobida yutqazdi.

Filial jamoasi tashkilotchilar tomonidan medal, Diplom, esdalik sovg‘alari va pul mukofoti bilan taqdirlandi.

Jamoa a’zolarini chempionatga I.Abdullayev, T.Kaypnazarov va M.Qutlimuratovlar tayyorladi.
Filial Matbuot xizmati.