Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

Shoir hayoti va ijodiga bag‘ishlab adabiy kecha bo‘lib o‘tdi

Bugun, 1 mart kuni o‘zbek xalqining mashhur shoirasi Zulfiya Isroilova tavalludining 110 yilligi nishonlandi.

Shu munosabat bilan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida Zulfiya Isroilovaning 110 yilligiga bag‘ishlangan adabiy kecha bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda xotin-qizlar masalalari bo‘yicha direktor maslahatchisi va o‘zbek tili fani o‘qituvchilari «Jismoniy tarbiya nazariyasi va gumanitar fanlar» kafedrasi professor-o‘qituvchilari talaba-qizlarga Zulfiya Isroilovaning hayoti va ijodi haqida tushunchalar berib o‘tdi.

Talaba-qizlar o‘zbek xalqining mashhur shoirasi Zulfiya Isroilovaning qalamiga mansub she’rlaridan o‘qib berdi.

Adabiy kecha ko‘tarinki va mazmunli o‘tdi.

Filial Matbuot xizmati.